insurez
16-03-2024 10:51


Toyloq tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Eraliyevning 2023-yilda qishloqlarda  ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha

HISOBOTI
 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, tuman aholisiga qulay shart-sharoit yaratish, chekka hududlarni rivojlantirish maqsadida 2023 yilda tumandagi 37 ta mahallalardagi qishloqlarning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

   Jumladan, joriy yilda jami 97,6 km, shundan 43,8 km asfalt va 53,8 km shag‘al yo‘llar ta’mirlash, 14 ta yangi TP o‘rnatish, 35,0 km elektr tarmog‘i tortish, 1 ta maktabda rekonstruksiya qilish, 2 tasini mukammal ta’mirlash, 1 tasida yangi sportzal qurish, 1 tasida isitish tizimini yangilash, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish, 7 ta MFY binolarini yangidan qurish, 13 ta ichimlik suvi inshooti qurish va 38,0 km suv tarmog‘i tortish, yangi tartib asosida 1 ta 12 qavatli 72 ta xonadonli uy-joylar qurish, 1 ta varkout maydonchasi qurish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

   2023 yil davomida tuman hududida 99,1 km, shundan 44,2 km asfalt, 54,9 km yo‘llar shag‘al qoplama bilan ta’mirlandi, 14 ta yangi TP, 35,1 km elektr tarmog‘i va 908 ta beton ustunlar o‘rnatildi,  13 ta suv inshooti qurilib, 48,0 km suv tarmoqlari tortildi.

1 ta maktabda 360 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi, 2 ta  maktab binosi joriy ta’mirlandi, 2 ta 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi, 1 ta sportzal, 1 ta yoshlar markazi, 7 ta MFY binosi, 3 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari, 1 ta 12 qavatli 72 ta xonadonli uy-joy qurib bitkazildi.

Ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi

Umumta’lim maktablari: 

   Manzilli dasturlar asosida tumanda umumiy qiymati 7,2 mlrd.so‘mlik 5 ta loyiha amalga oshirildi. Jumladan 21-maktabga (360 o‘rinli bino), 1 va 58-maktablari(joriy ta’mir),23-maktabda(sportzal), 2-maktabda (isitish tizimi) yangilandi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari:

Manzilli dasturlar asosida tumanda umumiy qiymati 8,56 mlrd.so‘mlik 2 ta loyiha amalga oshirildi, shundan 27-DMTT (120 urinli) va 13-DMTT (120 urinli) yangi binolar qurildi.  

Sog‘liqni saqlash ob’yektlari:

   Tashabbusli byudjet mablag‘lari hisobidan tumanda umumiy qiymati 2,17 mlrd.so‘mlik 3 ta loyiha amalga oshirildi, jumladan tuman markaziy poliklinikasi va O‘rtaqishloq QOP binosi ta’mirlandi, tuman TTB oqova suv ta’minotini yaxshilandi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash

   Manzilli dasturlar asosida tumanda umumiy qiymati 17,59 mlrd.so‘mga 43,8 km ichki yo‘llarni asfalt qilish, 53,8 km shag‘al tashlab ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, amalda 44,7 km asfalt,  27 ta mahallada 54,9 km shag‘al qilindi.

  Jumladan; Gulobod MFYda 1,0 km, O‘rtaqishloq MFYda 1,2 km, Chorog‘bon MFYda 2,0 km, Olmazor MFYda 2,05 km, Nuroniy MFYda 2,05 km, O‘zbekiston MFYda 6,7 km, Xujayuz MFYda  2,7 km, Ukrach MFYda 3,63 km, Adas MFY 2,0 km,  Saribozor MFYda 0,3 km, Beklar MFYda 0,5 km, Jalolobod MFYda 2,5 km, Taraqqiyot MFYda 1,0 km, Istiqlol MFY -1,8 km, Sochak MFY 1,81 km, Do‘stlik MFY -5,7 km, Talliota MFYda 2,3 km yo‘llar,  Xonchorbog‘ MFYda 2,77 km asfalt qilindi.

   Ichimlik suvi ta’minoti

    Manzilli dasturlar asosida 2023 yilda tumanda umumiy qiymati 11,2 mlrd.so‘mga 13 ta suv inshootlarini qurish va 38 km suv tarmoqlarini tortish ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, amalda 13 ta suv inshooti qurilib, 48,0 km suv tarmoqlari tortildi, shuning  8,2 km qismi 12 ta mahallaga tuman  mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Jumladan;

    Madaniyat, Qo‘shchinor, Vorsin, Navbahor, Xo‘jayuz, Taraqqiyot, Ilmobod MFYlarda 8 ta yangi suv inshootlari qurish qurish va 24,5 km tarmoq tortish, Ukrach, Xonchorbog‘, O‘zbekiston MFYlarida 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish va 6,4 km tarmoq tortish,  Bog‘izog‘on, Beklar MFYlarida 2 ta suv inshootini mukammal ta’mirlash va 8,9 km tarmoq tortish,  Bog‘ichinor MFYda 2,8 km tarmoq tortish ishlari 100%ga bajarilgan;

    Elektr ta’minotini yaxshilash:

    Tuman bo‘yicha jami 14 ta yangi TP o‘rnatish, 35,0 km elektr tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib,  amalda 14 ta yangi TP,  35,1 km elektr tarmog‘i va 908 ta beton ustunlar o‘rnatildi. Jumladan Xo‘jayuz, Nurafshon, Bunyodkor, O‘ray Elipok, Chorbog‘tepa, Gʻo‘lba, Ilmobod mahallalariga 5 ta yangi TP o‘rnatildi, 20,15 km tarmoq tortildi.  Taraqqiyot, Do‘stlik, Bog‘ichinor, Gulobod, Davlatobod, Muborak, Fayziobod, Ravot MFYlariga  9 ta TP, 408 ta beton ustun va 14,95 km tarmoq tortilgan.

“Yashil makon” umumilliy dasturi

-2023 yil bahor mavsumida tuman bo‘yicha  483,6 ming dona manzarali, mevali daraxt va butalar ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 489,2 ming dona yoki 101,2 % ekildi.

-2023 yil kuz mavsumida rejalashtirilgan 407,0 ming dona manzarali, mevali daraxt va bo‘ta ko‘chatlari o‘rniga amalda 429,8 ming dona ekilib, belgilangan topshiriq 105,6%ga bajarildi.

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

   Tumanda jami 140 ta ijtimoiy soha ob’yektlari, shu jumladan 1 ta kasb-hunar kolleji, 1 ta olimpiya va paralimpiya sport markazi, 61 ta umumta’lim maktablari, 1 ta BUSM, 2 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta musiqa va san’at maktabi, 1 ta Barkamol avlod markazi, 4 ta Madaniyat markazi, 45 ta bolalar bog‘chalari, 23 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari (1 ta markaziy shifoxona, 1 ta yuqumli kasalliklar bo‘limi, 8 ta OSHP, 2 ta oilaviy poliklinika, 11 ta OSHP filiallari) faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Ushbu ijtimoiy soha ob’yektlarining 7 tasi (5,0%)iga, ya’ni 1 ta kasb-hunar kolleji, 1 ta olimpiya va paralimpiya sport markazi, 1 ta musiqa maktabi, 1 ta Barkamol avlod markazi, 1 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta madaniyat markazi va 1 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlariga tabiiy gaz yetkazib berish imkoni mavjud, qolgan 133 ta (95,0%) ijtimoiy soha ob’yektlari tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyati yo‘q.

      Joriy yilda jami 34 ta, shundan 18 ta umumta’lim maktabi, 11 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 5 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari isitish tizimi ko‘mirga moslashtirildi.

Shuningdek, tumandagi 25 ta maktabda va 24 ta MTTlarda jami 116 ta, 8 ta tibbiyot muassasalarida 8 ta isitish qozonlari yangilandi.

2023/2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari uchun 0,5 km gaz quvurlari, 2 dona GTPlar, 128,3 km elektr tarmoqlari va 64 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash, 322 ta GTPlarni taftish qilish, 37 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash, 245,9 km elektr tarmoqlari, 114 dona transformator punktlari joriy ta’mirlash  ishlari amalga oshirildi.

Tumanda 36830 ta aholi xonadonlaridan 26954 tasi (73,2%) suyultirilgan gazga moslashtirilgan, qolgan 9876 ta (26,8%) xonadonga, ya’ni  mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 17 tasiga, shundan 10 tasiga to‘liq, 7 tasiga qisman tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati mavjud.

   Ko'mir ta’minoti

         Rejaga muvofiq tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlari uchun   4328 tonna (maktab-2850 t, MTT-961 t, TMSH-305 t, kollej-120 t,  sport va madaniyatga 91,6 tonna), tuman aholisiga 10800 tonna ko‘mir mahsuloti (100%) keltirilgan.

     Tuman hududida ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun tariflar

 

   Xizmat turi

O‘lchov birligi

Aholi

 (so‘m)

Noyabr-dan

Ulgurji

(so‘m)

Noyabr-dan

Elektr energiya

kV

295

 

900

 

Tabiiy gaz

m.kub

380

 

1500

 

Ichimlik suvi

m.kub

1900

2500

4075

5700

Oqava suv

m.kub

950

1600

2035

4300

Maishiy chiqindi

kishiga/kub

2400

4129

 44614

59000

Kup qavatli uy-joy a’zolik badali

m.kv

600

 

-

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

16.02.2023 yildagi PQ-57-sonli qaror ijrosi

Teglar
Insurance Policy