insurez
16-03-2024 10:51


Samarqand viloyati Toyloq tuman hokimligi  “Qo‘shchinor” gazetasi

Gazeta  1954-yildan boshlab «Lenin bayrog‘i» nomi bilan Toyloq tumanining o‘tmishdoshi – Komsomol tumanida haftada 2 marta A-3 formatda chop etila boshlagan.

1959-yilda Komsomol tumani Samarqand tumaniga qo‘shib yuborilgach, gazetaning faoliyati to‘xtab qolgan.

Vatanimiz mustaqilligi sharofati bilan 1992-yil 9 aprelda Toyloq tumani tashkil etilgach, gazetani qaytadan tashkil etish bilan bog‘liq sa’y- harakatlar natijasida 1994-yil 24 dekabrda «Yangi hayot» gazetasining nishona soni nashrdan chiqdi.

1999-yildan boshlab gazeta «Qo‘shchinor» nomi bilan dastlab oyiga 3 marta A-3 formatda chiqa boshladi.

2014 yil dekabr oyidan boshlab gazeta A-2 formatda, rangli bo‘yoqlarda haftasiga bir marta chop etilmoqda. Ayni paytda tahririyatda 10 nafar ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Teglar
Insurance Policy