insurez
16-03-2024 10:50


Deputatlar diqqatiga!

NAVBATDAGI SESSIYA CHAQIRILMOQDA

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 90-sessiyasi 18-aprel kuni oʻtkaziladi.

Bu haqda Toyloq tuman hokimi B.Babonazarovning 9-aprelda qabul qilgan “Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to'qsoninchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida”gi qarorida ma'lum qilindi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Z.Nuriddinovning 2024-yil I choragi davomida tumandagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

2. Tuman hokimining oʻrinbosari J.Haqberdiyevning tumanda yoshlar muammolarini oʻrganish, ularning hal etilishiga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.

3. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.Xo‘jamovning 2024-yil I choragida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

4. Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi X.Bobanovning 2024-yilning I choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Sharipovning mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

6. 2024-yil I chorak yakuni bilan tuman mahalliy budjetining ijrosi to‘g‘risida shuningdek hudud salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbaalaridan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida.

7. Toyloq tumani bo‘yicha 2024-yilning sug‘orish mavsumi uchun suv istemolchilariga o‘rnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limit) tasdiqlash to‘g‘risida.

8. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi tomonidan tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.

9. Toyloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif loyihalarini “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.

 

Teglar
Insurance Policy