insurez
16-03-2024 10:50


Toyloq tumani Zarafshon daryosi qirg‘og‘i bilan tutash bo‘lib, uning janubida joylashgan. Voha shimoldan Zarafshon daryosi va janubdan Darg‘om kanali bilan o‘ralganligi uchun “Kichik Movarounnahr” nomini ham olgan. O‘rta asrlarda tuman Shovdor deb atalgan.

Tuman keyingi asrlarda Yuqori Darg‘om, 20-asrning o‘rtalarigacha Komsomol nomlari bilan yuritilgan. 1959 yilda Komsomol tumani Samarqand tumaniga qo‘shib yuborilgan.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, aniqrog‘i 1992 yil 9 aprelda tuman qaytadan tashkil etilib, Toyloq nomi bilan yuritib kelinmoqda. Tuman shimolida Jomboy va Bulung‘ur, sharq tomonida hamda janubida Urgut, g‘arb tarafida esa Samarqand tumanlari joylashgan.

Toyloq hududi jihatidan Samarqand viloyatidagi eng kichik tumanlardan biri bo‘lsa-da (yer maydoni 0.28 ming kvadrat kilometr), aholi soni bo‘yicha oldingi o‘rinlardan birida turadi. Ayni paytda tumanda 28 millatga mansub 211 mingdan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. O‘zbeklar bilan bir qatorda tojik, rus, koreys, tatar, turk va boshqa millatga mansub aholi ahil-inoq, bir maqsad yo‘lida farovon yashamoqdalar.

Toyloq tumanida 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, 100 dan ortiq qishloqlar mavjud.

Teglar
Insurance Policy